1. Bosh sahifa Bosh sahifa
  2. Maqolalar
  3. Omnikanal chatlar

Omnikanal chatlar

Omnikanal chatlar

Omnikanal chatlar: barcha messenjerlar bitta oynada. Omnikanal chatni inChat tizimi misolida ko'rib chiqamiz.

inChat — Telegram, Instagram, Facebook va sayt chatini bitta oynaga yig'adigan multichat tizimi: operatorlar jamoasi, AI yordamchi, CRM integratsiyalari va statistika.

inChat — bu multichat tizimi, ya'ni mijozlar bilan barcha yozishmalarni bitta oynaga yig'adigan platforma. Telegram, Instagram, Facebook Messenger va saytdagi chatdan kelgan xabarlar yagona panelga tushadi, operatorlar jamoasi ularga shu yerning o'zidan javob beradi, AI yordamchi esa oddiy savollarni kechayu kunduz o'zi yopadi. Tizim brauzerda ishlaydi — hech narsa o'rnatish shart emas.

Bugun mijozlar kompaniyaga qaysi kanal qulay bo'lsa, o'sha yerdan yozadi: kimdir Telegram botga, kimdir Instagram Directga, kimdir saytdagi chatga. Har bir tarmoqqa alohida kirib chiqish vaqtni oladi, xabarlar yo'qoladi, bitta akkaunt paroli butun jamoa bo'ylab tarqaladi, kim qachon nima deb javob bergani esa noma'lum bo'lib qoladi. inChat aynan shu muammoni hal qiladi.

Qaysi kanallarni ulash mumkin

Telegram bot — bot tokenini kiritasiz va bot orqali kelgan barcha xabarlar panelga tushadi. Bir nechta botni ulab, ularni bitta paneldan boshqarish mumkin.

Telegram profil — Telegram Business orqali kompaniyaning oddiy Telegram akkauntini ulash. Mijozlar odatdagidek akkauntingizga yozadi, javoblar esa inChat panelidan yuboriladi.

Instagram — Direct xabarlar, mijoz reaksiyalari, rasm va videolar. Hisob bir tugma bilan ulanadi.

Facebook Messenger — Facebook sahifangizga kelgan xabarlar.

Sayt vidjeti — saytingizga bitta qator kod qo'shiladi va jonli chat tayyor bo'ladi. Suhbatdan oldin vidjet tashrif buyuruvchidan ism va telefon raqamini so'raydi, shuning uchun har bir murojaat bilan bog'lanish ma'lumoti birga keladi. Operator mijoz saytning qaysi sahifasidan yozganini ko'radi, ikki tomon ham fayl almashishi mumkin.

Boshqa kanal kerak bo'lsa, uni mijoz xohishiga qarab alohida ulab beramiz. Birinchi kanalni ulash odatda 5 daqiqa vaqt oladi, kanalni vaqtincha to'xtatib qo'yish va ulanish holatini kuzatib borish ham mumkin.

Yagona inbox

Barcha kanallardagi suhbatlar kanal belgisi bilan bitta ro'yxatda turadi. Operator qaysi messenjer ekanini o'ylab o'tirmaydi — shunchaki javob beradi. Xabarlar realtime rejimida, sahifani yangilamasdan darhol ko'rinadi.

Suhbatlarni kanal, operator va sana bo'yicha filtrlash, ism, username yoki ID bo'yicha qidirish, bitta yozishma ichidan kerakli xabarni topish mumkin. O'qilmagan xabarlar hisoblagichi javobsiz qolgan mijozni ko'zdan qochirmaydi. Panelda rasm, video, ovozli xabar va hujjatlarni yuborish va qabul qilish, ovozli xabarni shu yerning o'zida yozib yuborish, emoji qo'shish va ma'lum bir xabarga javob berish mumkin. Mijoz xabarni tahrirlasa, uning oldingi varianti ham saqlanib qoladi.

Operatorlar jamoasi va rollar

Kompaniya egasi va operatorlarning har biri o'z login-paroli va o'z huquqlari bilan kiradi — bitta akkaunt parolini butun jamoaga tarqatish kerak bo'lmaydi. Rahbar operatorlarni qo'shadi, vaqtincha o'chirib qo'yadi yoki parolini yangilaydi.

Yangi murojaat avtomatik tarzda eng kam band operatorga biriktiriladi, shuning uchun yuklama jamoa bo'ylab adolatli taqsimlanadi. Operator suhbatni o'ziga olishi, uni hamkasbiga yoki AI yordamchiga uzatishi mumkin. Suhbat ichida operatorlar bir-biriga ichki eslatma yozadi — mijoz ularni ko'rmaydi. Uzoq vaqt faol bo'lmagan suhbatlar avtomatik yopiladi va ro'yxat tartibli bo'lib turadi.

AI yordamchi

inChat'ning AI yordamchisi kompaniyangiz nomidan, samimiy va hurmat bilan, 24/7 javob beradi. Unga kompaniya nomi, botning ismi, kompaniya haqida ma'lumot, javob berish qoidalari va aloqa ma'lumotlari kiritiladi. So'ng bilim bazasiga hujjatlar yuklanadi: narxlar, manzillar, yetkazib berish shartlari, ish vaqti va boshqa savollarga javoblar.

AI faqat siz bergan ma'lumotlardan javob beradi va o'zidan hech narsa to'qimaydi. Javobni bilmasa, mijozga muloyim tushuntirib, suhbatni bo'sh operatorga uzatadi. Operator butun tarixni ko'radi, u suhbatni olgach AI jim turadi, kerak bo'lsa suhbatni yana AI ga qaytarish mumkin.

AI o'zbek (lotin va kirill), rus va ingliz tillarida gapiradi — mijoz qaysi tilda yozsa, o'sha tilda javob beradi. U Telegram, Instagram va sayt vidjetida bir xil ishlaydi. AI javob topa olmagan savollar alohida ro'yxatga tushadi va ularni bir bosishda bilim bazasiga qo'shish mumkin, shu tariqa yordamchi vaqt o'tishi bilan aqlliroq bo'lib boradi. Sozlamalarni mijozlarga chiqarishdan oldin AI ni maxsus test oynasida sinab ko'rish mumkin. Internet-do'konlar uchun AI ni mahsulotlar katalogiga ulash mumkin: u mijozga mahsulotni topib beradi, narxi, qoldig'i va xususiyatlarini aytadi.

Statistika va harakatlar tarixi

Rahbar butun jamoani bir qarashda ko'radi: jami, ochiq va yopilgan suhbatlar soni, operatorlar yuklamasi, kanallar faolligi, nechta savol kelgani va ulardan nechtasiga AI javob bergani. Har bir harakat — kim suhbatni oldi, kimga uzatdi, qaysi xabarni tahrirladi — tarixda saqlanadi. Bu xizmat sifatini nazorat qilish va bahsli vaziyatlarni tez aniqlashtirish imkonini beradi.

Integratsiyalar

inChat kompaniyada ishlayotgan tizimlar bilan birga ishlaydi. amoCRM bilan mijoz va bitimni bir bosishda yaratish, Bitrix24 bilan lidlarni kerakli voronkaga yuborish mumkin. API va webhook orqali ma'lumotlarni o'z tizimingizga uzatasiz. Bundan tashqari 1C va ERP tizimlari bilan buyurtma va mijoz ma'lumotlarini bog'lash, telefoniyadagi qo'ng'iroqlar tarixini suhbatga biriktirish hamda kompaniyaning ichki dasturlari bilan integratsiya qilib beriladi. Maxsus kanal, CRM, hisobot yoki avtomatlashtirish kerak bo'lsa — vazifani ayting, dasturchilarimiz qilib beradi.

Ma'lumotlarni saqlash

Yozishmalar, rasm, video va fayllar yuborilgan kunidan boshlab 30 kun saqlanadi. Bu "30 kundan keyin hammasi o'chib ketadi" degani emas: har bir xabar o'z muddatini alohida sanaydi, har kuni faqat 30 kundan eskirgan xabarlar o'chadi, so'nggi 30 kunlik tarix esa doim qo'l ostida turadi. Hisob, operatorlar, kanallar, sozlamalar va AI bilim bazasi o'chmaydi. Uzoqroq saqlash kerak bo'lsa, muddat 90 kun, 1 yil yoki cheksizga uzaytiriladi. Ayrim yozishmalarga kirishni faqat kerakli xodimlarga qoldirib, boshqalardan cheklash ham mumkin.

Xavfsizlik

Botlar va hisoblarning tokenlari shifrlangan holda saqlanadi. Har bir foydalanuvchi o'z faol sessiyalarini ko'radi, keraksiz qurilmadan chiqib ketadi yoki barcha qurilmalardan bir vaqtda chiqadi. Panelga kirish rollar bo'yicha cheklangan: operator faqat o'ziga ruxsat berilgan narsani ko'radi.

inChat kimlar uchun

Mijozlari yozadigan har qanday biznes uchun: savdo va internet-do'konlar, xizmat ko'rsatish, ta'lim markazlari, klinikalar, logistika, davlat tashkilotlari va boshqalar. Tizim bitta operatordan yuzlab operatorgacha bo'lgan jamoaga mos keladi va sotuv, qo'llab-quvvatlash, bron, buyurtma yoki maslahat — istalgan jarayonni bitta oynada yuritishga imkon beradi.

Qanday boshlanadi

inchat.uz saytida ariza qoldirasiz, menejer 15 daqiqa ichida bog'lanadi. Keyin kanallaringizni birga ulaymiz, siz operatorlarni qo'shasiz va ular darhol ishni boshlaydi, AI yordamchi uchun kompaniya ma'lumotlari va bilim bazasini birga to'ldiramiz. Ulash, o'rgatish va doimiy qo'llab-quvvatlash bepul, tizimni esa 14 kun davomida bepul sinab ko'rish mumkin.

Natijada mijozlarning birorta xabari yo'qolmaydi, javob tezlashadi, jamoa ishi shaffof bo'ladi, AI esa tunda va dam olish kunlari ham mijozni kutdirib qo'ymaydi. Batafsil ma'lumot: inchat.uz.

Keling
Loyihangizni boshlaymiz
So'rov qoldiring, o'z istaklaringizni bildiring va biz Siz bilan aloqaga chiqamiz.
Kontaktingizni qoldiring va biz
siz bilan bog`lanamiz